Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Bazel» Shtefan Lixtshtaynerni iste’foga chiqardi

«Bazel» Shtefan Lixtshtaynerni iste’foga chiqardi

Baho:
+ | -

«Bazel» Shtefan Lixtshtayner jamoa bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilganini rasman e’lon qildi.

«So‘nggi haftalar va oylarda jamoani boshqarish hamda rivojlantirish borasida rejalashtirilgan o‘sish va yaxshilanishlar kutilganidek amalga oshmadi. Shu sabab klub bosh murabbiy Shtefan Lixtshtayner bilan hamkorlikni darhol to‘xtatishga majbur», — deyiladi klub bayonotida.

Lixtshtayner «Bazel»ni yanvar oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangandi.

42 yoshli mutaxassis qo‘l ostida jamoa 27 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta g‘alaba qozondi, 3 marta durang qayd etdi va 14 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi.

Futbolchilik faoliyati davomida Lixtshtayner «Grassxopper», «Lill», «Lasio», «Yuventus», «Arsenal» va «Augsburg» klublari sharafini himoya qilgan.

U «Yuventus» bilan yetti marta Italiya chempioni bo‘lgan, to‘rt marta mamlakat kubogi va uch marta Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Lixtshtayner Shveysariya terma jamoasi safida 108 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan.

Kiritildi: 16:40, 11.09.2026.
O'qildi: 839 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик