Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

“CHelsi” aksiyalarining bir qismi sotilishi mumkin — Bloomberg

“CHelsi” aksiyalarining bir qismi sotilishi mumkin — Bloomberg

Baho:
+ | -

Amerikalik milliarderlar Mark Uolter va Todd Boeli Londonning “Chelsi” klubi aksiyalaridagi ulushlarini to‘liqligicha Clearlake Capital investisiya kompaniyasiga sotish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar so‘nggi haftalarda faollashgan. Uolter va Boeli o‘z ulushlarini sotish orqali kichik miqdorda foyda olishni ko‘zlamoqda.

Clearlake Capital va Boeli boshchiligidagi konsorsium 2022-yilda “Chelsi”ni rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichdan taxminan 2,5 milliard funt sterlingga sotib olgandi. Hozirda Clearlake Capital “Chelsi” aksiyalarining qariyb 61,5 foiziga egalik qiladi. Kompaniya bir necha yildan beri klubdagi ulushini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Biroq tomonlar narx borasida kelisha olmagani sababli avvalgi urinishlar yakuniga yetmagan.

Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, AQSHda Uolter kompaniyalariga nisbatan olib borilayotgan federal tekshiruv milliarderning o‘z aktivlarini qayta tuzishiga sabab bo‘lgan. Bu esa uning sport klublaridagi ulushlari bilan bog‘liq bir qator bitimlar, jumladan, “Chelsi” bo‘yicha muzokaralarning ham faollashishiga olib kelgan.

Ma’lumot uchun, Uolter va Boeli boshchiligidagi guruh klubni sotib olganidan keyin “Chelsi” Konferensiyalar Ligasi hamda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqdi.f

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:27, 12.09.2026.
O'qildi: 856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик