«Liverpul» markaziy himoyachisi Virgil van Deyk joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoani tark etishi mumkin.
Football Insider xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni, MLS va Turkiya klublari qiziqish bildirmoqda.
Niderlandiyalik himoyachi turli takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Chunki uning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Mersisayd klubi rahbariyati esa hozircha Van Deykka yangi shartnoma taklif qilish yoki qilmaslik borasida yakuniy qaror qabul qilmagan.
Van Deyk 2018 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalar hisobida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.













