«PSJ» hujumchisi Usman Dembele jamoadoshi Fabian Ruisning jamoa uchun qay darajada muhim ekani haqida fikr bildirdi.
«U aqlbovar qilmas futbolchi. Ruis sening jamoangda o‘ynasa, barcha sovrinlarni yutishing mumkin. U o‘ziga xos futbolchi.
U juda xotirjam o‘ynaydi va uchrashuvlar tempini belgilab beradi. Menimcha, u juda kam baholanadigan futbolchi», — dedi Dembele The Athletic nashriga.
Joriy mavsumda 30 yoshli Ruis barcha musobaqalar hisobida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fransiya chempionatining dastlabki uch turidan keyin «PSJ» 2 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.













