«Bolonya»da o‘ynayotgan ukrainalik hujumchi Artyom Dovbik jarohat oldi. ANSA jurnalistlarining xabar berishicha, jarohat tufayli hujumchi «Napoli»ga qarshi bo‘lajak uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, futbolchining jarohati jiddiy emas, ammo u hali optimal jismoniy holatiga qaytmagan.
«Bolonya» 29 yoshli ukrainalik futbolchini joriy mavsum yakuniga qadar poytaxtning «Roma» klubidan ijaraga olgan.
Joriy mavsumda Dovbik Italiya chempionatida 3 ta uchrashuv o‘tkazdi. Hujumchi 1 ta gol urdi va 1 ta sariq kartochka oldi.
«Napoli» — «Bolonya» uchrashuvi 13 sentyabr kuni Neapol shahrida bo‘lib o‘tadi.













