«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim «Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchilari tomonidan bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.
Portugaliyalik mutaxassis «Old Trafford»da ishlagan davrini yodga oldi. O‘sha paytda uni klubning sobiq futbolchilari Gari Nevill, Roy Kin, Pol Skoulz va boshqalar muntazam ravishda tanqid qilib turgan.
«Avval men afsonalari ko‘p bo‘lgan klubda ishlaganman. Ularning fikri juda katta ahamiyatga ega va ular turli masalalar haqida ko‘p gapirishadi. Ammo ular mutlaqo boshqa davrda yashagan», — dedi Amorim.
Amorim boshchiligida «Manchester Yunayted» APL tarixidagi eng yomon natijasini qayd etdi. Barcha musobaqalarda jamoa uning qo‘l ostida 63 ta uchrashuv o‘tkazib, 24 ta g‘alabaga erishdi.













