Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Tottenxem" "Inter"ning sobiq sport direktori bilan muzokara olib bormoqda

"Tottenxem" "Inter"ning sobiq sport direktori bilan muzokara olib bormoqda

Baho:
+ | -

"Inter"ning sobiq direktori Pyero Auzilio faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

Transfer eksperti Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, 51 yoshli italiyalik mutaxassis London klubi bilan "ijobiy va ilgarilagan" muzokaralar olib bormoqda.

Auzilio sentyabr oyi boshida kutilmaganda "Inter"ni tark etdi. U Milan klubida turli lavozimlarda qariyb 30 yil faoliyat olib borgan.

Auzilio 2014 yil fevralidan boshlab "Inter" sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Uning o‘rnini Dario Bachchin egalladi. Bachchin uzoq yillar davomida "neradzurri"ning texnik bo‘limida ishlagan va klubning Seriya Cda ishtirok etadigan zaxira jamoasini tashkil etish jarayonida ham qatnashgan.

Kiritildi: 23:20, 12.09.2026.
O'qildi: 769 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик