Andoni Iraola "Liverpul" bosh murabbiyi sifatida faoliyatini unchalik muvaffaqiyatli boshlay olmadi.
44 yoshli bask mutaxassisi shogirdlari Angliya Premyer-ligasining 4-turida o‘z maydonida "Fulxem" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Bunga qadar "Liverpul" chempionatda "Nyukasl" va "Nottingem Forest" bilan bir xil — 2:2 hisobida durang o‘ynagan, "Ipsvich"ni esa 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Shuningdek, mersisaydliklar Chempionlar ligasida "Atletiko" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Liverpul" 15 sentyabr kuni Angliya Liga kubogining 3-bosqichida o‘z maydonida "Tottenxem"ni qabul qiladi. 20 sentyabr kuni esa APL doirasida safarda "Bornmut"ga qarshi maydonga tushadi.













