Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Joao Pedro APLda "gol+pas" bo‘yicha peshqadam

Joao Pedro APLda "gol+pas" bo‘yicha peshqadam

Baho:
+1 | -

"Chelsi" hujumchisi Joao Pedro Angliya Premyer-ligasining 4-turida "Xall"ga qarshi o‘yinda 2 ta samarali harakat qayd etdi.

Braziliyalik futbolchi 7-daqiqada Morgan Rojersning goliga assistentlik qildi. 66-daqiqada esa o‘zi raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Joao Pedro joriy APL mavsumida 4 ta uchrashuvda 6 ta samarali harakat qayd etdi — 3 ta gol va 3 ta golli uzatma.

U 3 tadan gol urgan Brunu Fernandesh, Erling Xoland va Aleksander Isak bilan birga chempionatning eng yaxshi to‘purarlari qatorida bormoqda.

Shuningdek, Pedro 3 ta assist bilan Kodi Gakpo qatorida APLning eng yaxshi assistenti bo‘lib turibdi. "Gol+pas" tizimi bo‘yicha esa braziliyalik futbolchi chempionat peshqadami hisoblanadi.

Avvalroq Joao Pedro APLda avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Kiritildi: 23:45, 12.09.2026.
O'qildi: 437 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик