Ispaniya qirollik futbol federasiyasi (RFEF) prezidenti Rafael Lousan va mamlakatdagi hududiy futbol federasiyalari rahbarlari Seuta aholisini qo‘llab-quvvatlab, qo‘shma bayonot bilan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, 30 iyul kuni Ispaniyaning yarim eksklavi hisoblangan Seuta hududiga Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant kirishga uringan. Ularning katta qismi shaharda qolgan, chegarani yorib o‘tishga urinishlar chog‘ida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan.
"Biz Seuta aholisi va shahar sport jamoatchiligiga to‘liq hamdardlik va qo‘llab-quvvatlashimizni bildirmoqchimiz.
Futbol mamlakatni birlashtirish borasida o‘ziga xos kuchga ega. Shuning uchun hozir og‘ir kunlarni boshdan kechirayotgan barcha insonlarni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashni istaymiz.
Seuta aholisi tinchlik, xavfsizlik va munosib sharoitlarda yashashga, shuningdek, futboldan to‘laqonli zavq olishga haqli.
Qadrli Seuta aholisi, siz yolg‘iz emassiz. Ispaniya futboli tuzilmasi, uning ishtiyoqi va ruhi bugun ham, har doim ham har biringiz bilan birga.
Bugun Ispaniya futboli oq-qora rangda va Seuta qalbi ritmida urib turibdi", — deyiladi federasiya bayonotida.













