«Roma»ning sobiq kapitani Franchesko Totti nima uchun hozirgi «Roma»ni «Milan» va «Yuventus»dan kuchliroq deb hisoblayotganini tushuntirdi.
«O‘tgan mavsumga nisbatan «Roma» o‘z tarkibini kuchaytirdi. Klub ongli ravishda qaror qabul qildi: sport direktori va bosh murabbiy chempionlik uchun jiddiy kurasha oladigan futbolchilarni jamoaga taklif qildi.
Ular «Milan» va «Yuventus»dan oldindami? Mavsumni qanday boshlaganiga qarab, men ha, deb aytardim. «Inter» hanuz asosiy favorit va kuchli raqib bo‘lib qolmoqda. Ammo bunday «Roma» bilan hech narsani istisno qilib bo‘lmaydi», — deya Tottining so‘zlarini Pianeta Milan nashri keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Rim klubi mavsumni juda yaxshi boshladi va chempionatning dastlabki uch turidan so‘ng peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.













