Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Marselo Galyardo Ekvador milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Ekvador futbol federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Federasiya X ijtimoiy tarmog‘ida yangi murabbiy ishtirokidagi tadbirlar hamda terma jamoa o‘yinlaridan lavhalar jamlangan maxsus rolikni e’lon qildi.
«Bizda iqtidor, tizim va katta maqsadlar bor. Biz tayyormiz. Odamlar ishonishsin, chunki ishonish uchun asos bor. Xush kelibsiz, Marselo», — deyiladi federasiya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Ekvador terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida Sebastyan Bekkasese qo‘l ostida guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan, ammo 1/16 finalda Meksikaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.













