Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Erik Garsiya: «Raqibga bo‘shliq bersangiz, darhol bosim qiladi»

Erik Garsiya: «Raqibga bo‘shliq bersangiz, darhol bosim qiladi»

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya La Liganing 5-turida «Levante» ustidan 4:2 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.

«Maydon holati bizga unchalik yoqmadi, o‘yin vaqti va issiq havo ham ta’sir qildi. Bu yerda o‘ynash juda qiyin. Ular mart oyidan buyon mag‘lub bo‘lmagan edi. Oson bo‘lmadi, lekin biz o‘zimiz ham o‘yinni ortiqcha qiyinlashtirib yubordik. Bu biz uchun saboq bo‘lishi kerak: raqibga bo‘shliq bersangiz, ular darhol bosimni kuchaytiradi», — deya Garsiyaning so‘zlarini Marca keltirdi.

«Bularning barchasi oldini olish mumkin bo‘lgan xatolar edi. Umuman olganda, yaxshi o‘yin o‘tkazdik va natijadan mamnun bo‘lishimiz mumkin. Biz to‘p bilan o‘zimizni juda erkin his qilamiz. Yarim himoya va himoyada o‘yinni yaxshi nazorat qila oladigan futbolchilarimiz bor. Hujumda esa bo‘sh hududlardan unumli foydalana oladigan va raqibga katta xavf tug‘diradigan juda kuchli ijrochilarimiz bor.

Murabbiy Espartga ishonch bildirmoqda. Biz ham uning o‘yinidan juda mamnunmiz. U ishlashda davom etishi kerak. Jamoada raqobat juda yuqori, shuning uchun hech kim xotirjamlashib qolishi mumkin emas».

«Barselona» 15 ochko bilan La Liga turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:53, 14.09.2026.
O'qildi: 590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик