Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Sinxron suzish bo‘yicha JCH sovrindori Anastasiya Baxtiryova O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qo‘shildi

Sinxron suzish bo‘yicha JCH sovrindori Anastasiya Baxtiryova O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qo‘shildi

Baho:
+ | -1

Sinxron suzish bo‘yicha Jahon chempionati kumush medali sovrindori Anastasiya Baxtiryova O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Sportchi endilikda O‘zbekiston terma jamoasi safida Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu haqda 23 yoshli sportchining o‘zi “Match TV” telekanaliga ma’lum qildi.

“Onam ish sababli O‘zbekistonga ko‘chib o‘tdi va menga ham u bilan birga borishni taklif qildi. Albatta, rozi bo‘ldim. Shundan so‘ng sportdagi faoliyatimni qanday davom ettirishim haqida ham bir qarorga keldik”, dedi Baxtiryova.

Baxtiryova bilan birga yana bir sinxron suzuvchi — Violetta Yevenko ham sport fuqaroligini o‘zgartirdi.

“Shundan keyin Violettaga qo‘ng‘iroq qilib, uni ham taklif qildim. Biz juda yaqin dugonamiz va u ham rozi bo‘ldi. Shunday qilib, ikkalamiz birga O‘zbekistonga keldik. Hozir mashg‘ulot o‘tkazib, Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ryapmiz”, deya qo‘shimcha qilgan sportchi.

World Aquatics tashkiloti har ikki sportchining maqomini o‘zgartirishini ma’qulladi. Ayni paytda Baxtiryova va Yevenko O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida mashg‘ulot olib borib, “ayollar dueti” yo‘nalishidagi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Anastasiya Baxtiryova 2025 yilgi Jahon chempionatining guruh bahslarida ikki karra kumush medal sovrindori hisoblanadi. Shuningdek, u BRICS o‘yinlarining ikki karra chempioni va Yevropa chempionatining uch karra g‘olibidir.

21 yoshli Violetta Yevenko esa yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining uch karra g‘olibi hisoblanadi.

Sportchilarni tayyorlash uchun tajribali murabbiy Yuliya Miteva jalb etilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:13, 14.09.2026.
O'qildi: 1270 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик