Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Jerom Roten: «Dembele Mbappening “Oltin to‘p” haqidagi so‘zlaridan g‘azabda, u buni xiyonat deb qabul qilmoqda»

Jerom Roten: «Dembele Mbappening “Oltin to‘p” haqidagi so‘zlaridan g‘azabda, u buni xiyonat deb qabul qilmoqda»

Baho:
+ | -

Jerom Roten Usman Dembele Kilian Mbappening «Oltin to‘p» haqidagi bayonotlaridan norozi ekanini aytdi.

Avvalroq «Real» hujumchisi Kilian Mbappe, jumladan, Usman Dembele doimo «iqtidorli futbolchi» sifatida baholanganini, o‘zini esa «tanlangan» futbolchi sifatida qabul qilishganini aytgan edi.

«Usman Dembelega bu juda yoqmadi, bu aniq. U Mbappedan juda g‘azabda. U buni qandaydir xiyonat sifatida qabul qilmoqda. Bu kuchli so‘z, ammo u vaziyatni aynan shunday qabul qilyapti.

Gap faqat uning o‘zi haqida emas. Usmanning butun atrofidagi odamlar, “PSJ”da u bilan birga kiyinish xonasida bo‘lgan insonlar ham bor.

“Tanlangan — tanlanmagan” degan ibora, unga yuqoridan qarash, Mbappe davrida “PSJ”da yulduzlar bo‘lmagani haqidagi gaplar, “Oltin to‘p” haqida so‘z ketganda Ronaldu va Messining ustunligini tan olishi, ammo boshqa futbolchilarni ortda qoldirishi mumkinligini aytishi...

“Oltin to‘p” sohibi bo‘lganlar orasida Dembele, Benzema va Modrich ham bor — axir u bu futbolchilar bilan birga o‘ynagan», — dedi «PSJ»ning sobiq yarim himoyachisi.

Kiritildi: 07:08, 15.09.2026.
O'qildi: 4217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик