Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul

Ansu Fati va Balogun «Monako» safiga qaytishga yaqin

Ansu Fati va Balogun «Monako» safiga qaytishga yaqin

Baho:
+ | -

«Monako» juma kuni Liga 1 doirasida «Lans»ga qarshi o‘yin oldidan Ansu Fati va Folarin Balogunni safga qaytarishi mumkin. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.

«Monako» o‘tgan hafta oxirida «Strasbur»ga qarshi durang bilan yakunlangan uchrashuvda ikki futbolchisidan jarohat sabab ayrildi.

Filipe Luis o‘yin boshidayoq to‘pig‘idan jarohat olgan Anis Subeyrni almashtirishga majbur bo‘ldi. Klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi taxminan uch hafta maydonga tusholmasligi kutilmoqda.

Stanis Idumbo ham mazkur uchrashuvdan jarohat bilan chiqdi. Unda bel-yonbosh sohasidagi mushak bilan bog‘liq muammo aniqlangan va shu sabab «Lans»ga qarshi bahsda ishtirok etishi shubha ostida.

Shu bilan birga, «Monako» uchun ijobiy yangiliklar ham bor. Ansu Fati va Folarin Balogun yaqin o‘yinda maydonga qaytishi mumkin. Har ikki futbolchi ham joriy mavsumda hali klub safida o‘ynamagan.

Fati mavsumoldi tayyorgarlik vaqtida olgan jarohatidan beri maydonga tushmayapti. Balogun esa tizzasidagi yengil muammoga qaramay jahon chempionatida qatnashganidan so‘ng jismoniy holatini tiklash ustida ishlamoqda.

Filipe Luis avvalroq AQSH terma jamoasi hujumchisi xalqaro tanaffusdan keyingina tayyor bo‘lishi mumkinligini aytgan edi. Biroq tiklanish jarayoni kutilganidan tezroq kechsa, Balogun maydonga ertaroq qaytishi mumkin.

Kiritildi: 18:53, 15.09.2026.
O'qildi: 958 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик