«Real» darvozaboni Tibo Kurtua «Santyago Bernabeu» stadionida muxlislarning xushtak chalishiga munosabat bildirdi.
Belgiyalik futbolchi jamoa ishqibozlari bunday reaksiya bildirishga haqli ekanini ta’kidladi.
«Muxlislarning xushtaklari? Bu «Real»ni buyuk qiladigan talabchanlikdir. Biz ikki yildan beri birorta ham yirik sovrinni qo‘lga kiritmadik.
Ular bunday munosabat bildirishga haqli», — dedi Kurtua.













