"Inter Mayami" Kili Gonsalesning jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshlaganini rasman e’lon qildi.
Klub argentinalik mutaxassis bilan kelishuvga yoz oxirida erishgan edi. Endi "Inter Mayami" rasmiy saytida 52 yoshli murabbiy barcha zarur hujjatlarni olgani va ish boshlash uchun Janubiy Floridaga yetib kelgani ma’lum qilindi.
Kili Gonsalesning "Inter Mayami" bilan shartnomasi 2028 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Argentinalik mutaxassis avval "Rosario", "Union Santa-Fe" va "Platense" klublarini boshqargan.
Futbolchilik faoliyati davomida Kili Gonsales bir qator mashhur jamoalar sharafini himoya qilgan. U Yevropada "Saragosa", "Valensiya" va "Inter" safida to‘p tepgan.
"Inter Mayami" navbatdagi uchrashuvini "Krus Asul"ga qarshi Chempionlar kubogi finalida o‘tkazadi. Bahs Moskva vaqti bilan 16 sentyabrdan 17 sentyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.













