Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Ro‘ziqul Berdiyev: «Al-Muharraq» bilan final tarixda qoldi, biz «Al-Xolidiya»ni yaxshilab o‘rgandik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Al-Muharraq» bilan final tarixda qoldi, biz «Al-Xolidiya»ni yaxshilab o‘rgandik»

Baho:
+ | -

«Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasi guruh bosqichi 1-turida «Al-Xolidiya»ga qarshi o‘yin oldidan jamoaning tayyorgarligi haqida gapirdi.

Berdiyev 15 sentyabr kuni Bahrayn milliy stadionida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Bahrayndagi avvalgi og‘riqli xotira — 2021 yilgi OFK Kubogi finali haqida ham savollarga javob berdi.

O‘sha finalda «Nasaf» «Al-Muharraq»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Berdiyev mazkur uchrashuv endi tarixda qolganini ta’kidladi.

«Bu voqeaga ancha vaqt bo‘ldi. “Al-Muharraq” bilan finalda o‘ynaganimiz ham tarixiy voqea edi. Finalgacha yetib borishning o‘zi ham biz uchun yomon natija emasdi», — dedi murabbiy.

Biroq Berdiyev hozirgi bahsni 2021 yilgi final bilan taqqoslashga asos yo‘qligini ta’kidladi.

«Ertaga biz “Al-Muharraq” bilan emas, “Al-Xolidiya” bilan o‘ynaymiz. Biz bu jamoani yaxshilab o‘rgandik. Ular tajribali va barqaror futbol namoyish etadi. Ertangi natija o‘sha finaldagidan butunlay boshqacha bo‘ladi, deb ishonaman», — dedi «Nasaf» ustozi.

Berdiyev «Al-Xolidiya» tarkibidagi legionerlarning harakatlariga ham alohida e’tibor qaratilganini aytdi.

«Raqibning kuchli tarkibini, ayniqsa legionerlarining individual imkoniyatlarini videolar orqali batafsil o‘rgandik. Futbolchilarimizga raqibning har bir futbolchisi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi. Ular kimdan qanday xavf kutish kerakligini yaxshi bilishadi», — dedi murabbiy.

«Nasaf» uchun Bahrayn iqlimi ham alohida sinov bo‘lishi mumkin. Berdiyev yuqori harorat va namlikni jamoa oldida turgan asosiy qiyinchiliklardan biri sifatida qayd etdi.

«Birinchi raqamli muammo — issiq. Bahraynda harorat juda yuqori, namlik ham katta», — dedi u.

Shu bilan birga, murabbiy iqlimni bahona sifatida ko‘rsatmasligini bildirdi. Darvozabon Abduvohid Ne’matov ham har ikki jamoa bir xil sharoitda o‘ynashini ta’kidladi.

«Ertaga ikki jamoa ham bir xil issiqda harakat qiladi. Xudo xohlasa, bor kuchimizni berib, kurashamiz va yurtimizga g‘alaba bilan qaytamiz», — dedi Ne’matov.

«Nasaf» yangi Osiyo musobaqasini g‘alaba bilan boshlashni maqsad qilgan. Qarshiliklar uchun mazkur bahs nafaqat guruhdagi ilk ochkolarni qo‘lga kiritish, balki Bahrayndagi 2021 yilgi mag‘lubiyatdan keyingi yangi sahifani ochish imkoniyati ham hisoblanadi.

Osiyo Chempionlar ligasi 2 | 2026/27 | 1-tur
«Al-Xolidiya» — «Nasaf»
16 sentyabr, 21:00. Bahrayn milliy stadioni.

Kiritildi: 08:49, 16.09.2026.
O'qildi: 1490 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик