Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Aksel Vitsel Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Aksel Vitsel Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

«Nissa»ning 37 yoshli yarim himoyachisi Aksel Vitsel Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

Futbolchi 2023 yilda ham milliy jamoadan ketganini e’lon qilgan, ammo keyinchalik xalqaro maydonga qaytgan edi. 2026 yilgi jahon chempionatida Vitsel ikki uchrashuvda maydonga tushdi.

«Bu safar qarorim qat’iy. Terma jamoadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim.

Endi yoshlar va yangi avlodga yo‘l berish vaqti keldi. Shu 18 yil davomida maydonda bor kuchimni berganimdan nihoyatda faxrlanaman. 18 yoshimda bu yo‘lni boshlaganimda bunday yuksak natijalarga erishishimni hatto tasavvur ham qila olmasdim. Biz haqiqatan ham unutilmas lahzalarni boshdan kechirdik.

Muxlislarga rahmat. Shu yillar davomida professional o‘sishimga u yoki bu tarzda hissa qo‘shgan barcha jamoadoshlarim, murabbiylar va federasiya xodimlariga minnatdorlik bildiraman.

Terma jamoaga kelajakda omad tilayman. Ishonchim komil, uni yorqin kelajak kutmoqda.

Men seni sevaman, Belgiya», — deb yozdi Vitsel ijtimoiy tarmoqda.

Aksel Vitsel Belgiya terma jamoasida 2008 yildan buyon to‘p surib kelgan. U milliy jamoa safida 140 ta uchrashuv o‘tkazib, 12 ta gol urgan.

«Zenit»ning sobiq futbolchisi Belgiya terma jamoasi tarixida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek, u mamlakat sharafini jahon chempionatida himoya qilgan eng yoshi katta futbolchi hisoblanadi.

Vitsel 2018 yilgi jahon chempionatida Belgiya terma jamoasi bilan bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 03:16, 17.09.2026.
O'qildi: 647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик