Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro

Superliga. “Navbahor” kambek evaziga “Dinamo”ni mag‘lub etdi

Superliga. “Navbahor” kambek evaziga “Dinamo”ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” hamda “Dinamo” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Namanganda kechgan uchrashuv haqiqiy gollar shousiga aylanib ketdi. Dastlabki 45 daqiqaning o‘zidayoq darvozalarga 5 ta to‘p kiritildi.

O‘yin mehmonlarning tezkor goli bilan boshlandi: 7-daqiqadayoq Azizbek Amonov hisobni ochib, samarqandliklarni oldinga olib chiqdi — 0:1. Mezbonlar bu golga 22-daqiqada Shohruhbek Abdurahmonovning aniq zarbasi evaziga javob qaytarib, muvozanatni tikladi — 1:1. Biroq oradan bor-yo‘g‘i to‘rt daqiqa o‘tib, 26-daqiqada Jaloliddin Jumaboyev “Dinamo”ni yana oldinga olib chiqdi — 1:2.

Shundan so‘ng namanganliklar o‘yin yakuniga qadar ikkita gol urishni uddaladi. 39-daqiqada Georgi Jgerenaia hisobni tenglashtirgan bo‘lsa (2:2), 41-daqiqada Shohruhbek Abdurahmonov uchrashuvdagi dublini rasmiylashtirib, “Navbahor”ning uchinchi to‘pini kiritdi — 3:2.

Ikkinchi bo‘lim ham keskin kurashlar ostida o‘tdi. Har ikki jamoa ham gol urish uchun bir qancha vaziyat yaratdi, biroq hisob boshqa o‘zgarmadi va namanganliklar o‘z hisobiga muhim 3 ochkoni yozdirib qo‘ydi.

O‘zbekiston Superligasi, 22-tur
“Navbahor” — “Dinamo” 3:2
Gollar: 0:1 — Amonov (7), 1:1 — Abdurahmonov (22), 1:2 — Jumaboyev (26), 2:2 — Jgerenaia (39), 3:2 — Abdurahmonov (41).
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Islom Mamatkazin, Shohruh Abdurahmonov, Ruslan Jiyanov (Aleks Fernandes, 69), Diyor Xolmatov, Benjamin Teydi (Asadbek Rahimjonov, 69), Umar Adhamzoda (Dilshodjon Komilov, 90+3), Vanya Ilich (Husayn Norchayev, 69), Jasurbek Jaloliddinov (Saidazamat Mirsaidov, 90+5), Georgi Jgerenaia, Muhammadqodir Hamraliyev.
“Dinamo”: Edem Nemanov, Artyom Radayev, Mixail Shtefan, Nurillo To‘xtasinov, Aziz Amonov (Abdug‘afur Haydarov, 60), Amadu Dumbuya, Raul Jeparov (Rasul Yo‘ldoshov, 46), Jaloliddin Jumaboyev, Akbar Xudayberdiyev (Tigran Avanesyan, 60), Marko Stanoyevich (Ulug‘bek Abdullayev, 78), Behruzbek Oblaqulov (Jahongirbek Abdusalomov, 46).
Ogohlantirishlar: Jgerenaia (18), To‘xtasinov (19), Jumaboyev (26), Yusupov (44), Radayev (45+7), Hamraliyev (88).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:53, 17.09.2026.
O'qildi: 749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик