Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Amorimga "Milan"dan iste’fo xavfi yo‘q

Amorimga "Milan"dan iste’fo xavfi yo‘q

Baho:
+ | -

"Milan" bosh murabbiyi Ruben Amorim Yevropa ligasida "Benfika"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin ham iste’foga chiqarilish xavfi ostida emas. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

"Milan" mavsumni "Torino" va "Venesiya" ustidan qozonilgan g‘alabalar bilan boshladi. Biroq keyingi natijalardan so‘ng Amorimning ishi va klub loyihasining rivojlanish yo‘nalishi bo‘yicha savollar paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, jamoa o‘yinning asosiy jihatlarida muammolarga duch kelmoqda. "Milan" himoyada ishonchli harakat qila olmayapti, hujumda esa yetarlicha samaradorlik ko‘rsatayotgani yo‘q.

Shuningdek, muxlislar Amorimning uchrashuvlar uchun futbolchilar tanlovi va asosiy tarkibni tez-tez o‘zgartirib turishidan norozi ekani aytilmoqda.

Klub egasi Jerri Kardinale va Amorim so‘nggi natijalar hamda jamoaning keyingi rivojlanish yo‘nalishini muhokama qilishi kutilmoqda.

La Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, mavsumdagi dastlabki beshta o‘yindan keyin portugaliyalik mutaxassisni iste’foga chiqarish rejalashtirilmagan. "Milan" rahbariyati hali ham Amorimni klubning uzoq muddatli loyihasi uchun munosib murabbiy deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 22:19, 17.09.2026.
O'qildi: 1135 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик