Londonning "Arsenal" klubi 27 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi Martin Subimendini sotishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Avvalroq futbolchiga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Manbalarga ko‘ra, Rodri transferi amalga oshmay qolganidan so‘ng "Real" Subimendini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.
Martin Subimendi 2025 yilda "Real Sosyedad"dan "Arsenal"ga ko‘chib o‘tgan.
Ispaniyalik yarim himoyachi joriy mavsum "kanonirlar" safida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













