Italiya chempionati 5-turining markaziy uchrashuvida «Roma» Milanning «Inter» klubini qabul qiladi. Rimliklar bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Menimcha, «Inter» shubhasiz bizning liga va qolgan barcha jamoalar uchun etalon klub hisoblanadi. Bu jamoa uzoq yillardan buyon ham Italiyada, ham Yevropada ajoyib natijalarga erishib kelmoqda. Yaqin vaqt ichida ular Yevropa musobaqalarida ikki marta finalga ham chiqishdi.
«Inter» juda kuchli jamoa va, menimcha, buni hamma tan oladi. Ammo biz ham o‘smoqdamiz», — deya Gasperinining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
«Roma» va «Inter» o‘rtasidagi uchrashuv shanba kuni Moskva vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.













