Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

«Nyukasl» «Komo» hujumchisiga ko‘z tikkan

«Nyukasl» «Komo» hujumchisiga ko‘z tikkan

Baho:
+ | -

«Nyukasl» «Komo» hujumchisi Assan Diaoga qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi 21 yoshli senegallik futbolchi uchun 50 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilishga tayyor ekani aytilmoqda.

Diao 2025 yil yanvar oyida «Real Betis»dan «Komo»ga 12 million yevroga o‘tgan va Italiya chempionatidagi ilk mavsumida 8 ta gol urgan.

Jarohat sababli ma’lum muddat safdan chiqqan futbolchi joriy mavsumda yana yaxshi formaga qaytib, Chempionlar ligasidagi debyutida «RB Leypsig» darvozasini ishg‘ol qildi.

«Nyukasl»dan tashqari «Aston Villa» ham Diaoni kuzatmoqda. Biroq «Komo» prezidenti Mirvan Suarso futbolchini jamoaning kelajagi uchun muhim o‘yinchi deb hisoblayotgani va uni sotishga hozircha qiziqish bildirmayotgani xabar qilindi.

Italiya klubi Diao bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirishni rejalashtirayotgani ham aytilmoqda. 

Kiritildi: 18:50, 19.09.2026.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик