Fransiya futboli afsonasi Tyerri Anri Muhammad Salohning Turkiyadagi muvaffaqiyatli o‘yiniga munosabat bildirdi.
Misrlik futbolchi shanba kuni "Trabzonspor" safida "Galatasaroy"ga qarshi bahsda xet-trik qayd etdi. Uchrashuv amaldagi chempion ustidan 4:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan yakunlandi.
"Endi hamma Saloh hech qachon "Liverpul" uchun muammo bo‘lmaganini ko‘ryapti. Balki muammo rahbariyatda bo‘lgandir, ammo aniqki, "Misr qiroli"da emas. Tasavvur qiling, u Turkiyaning eng kuchli klublaridan biri bo‘lgan "Galatasaroy"ga qarshi birinchi xet-trigini qayd etdi. Bunday futbolchiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish shart", — deya Anri so‘zlarini Topskills Sports UK keltirmoqda.
Muhammad Saloh o‘tgan mavsum yakunlanganidan so‘ng erkin agent sifatida "Liverpul"ni tark etgan edi.













