"Bornmut" yarim himoyachisi Aleks Skott Angliya Premyer-ligasining bir qator top-klublari qiziqish doirasiga tushgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli angliyalik futbolchining o‘yinlarini Londonning "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Tottenxem" klublari diqqat bilan kuzatmoqda.
Skott "Bornmut"ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Aleks Skott 2023 yil avgust oyidan buyon "Bornmut" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.













