«Barselona» mehmonda «Sevilya»ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, La Ligadagi g‘alabali o‘yinlar seriyasini 7 taga etkazdi. Uchrashuv qahramoni xet-trik qayd etgan Rafinya bo‘ldi.
Uchrashuv davomida maydon chetidagi kameralar Rafinyaning vinger Entoni Gordonni qo‘llab-quvvatlaganini tasvirga oldi. Angliyalik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi. Yozgi transferdan so‘ng Gordon haligacha birorta ham gol urgani yo‘q.
«Qo‘rqma, qo‘rqma. Sen yaxshi o‘ynayapsan, xotirjamlikni saqla», — deya Rafinyaning Gordonga aytgan so‘zlarini The Touchline keltiradi.
«Barselona» keyingi uchrashuvini terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffusdan so‘ng, 10 oktyabr kuni o‘z maydonida «Xetafe»ga qarshi o‘tkazadi.













