La Liganing sobiq hakami Eduardo Iturralde Gonsales «Atletiko» va «Real» o‘rtasidagi derbida Kristian Romeroni Jud Bellingemga nisbatan qoidabuzarligi uchun maydondan chetlatilishi kerak edi, deb hisoblaydi.
«U to‘p uchun kurashmoqda, ammo haddan tashqari kuch ishlatilgani uchun bu yerda qizil kartochka bo‘lishi kerak. U oyog‘i bilan bosimni davom ettiryapti va oyog‘ini tortib olmayapti. Bu qizil kartochka, shubhasiz qizil kartochka. VAR hakami Truxilyo bu vaziyatni qizil kartochkaga loyiq deb baholagan, Ortis Arias esa sariq kartochka ko‘rsatdi.
Futbolchining vaziyatga qanday kirganiga e’tibor berish kerak. U oyog‘ini to‘g‘ri holda ushlab turibdi. Raqib oyog‘ini bosib olganini ko‘rgach ham, oyog‘ini tortib olmadi. Bu qizil kartochka», — dedi Iturralde.













