Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Manchester Siti» yarim himoyachisi jamoani tark etmoqchi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi jamoani tark etmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» markaziy yarim himoyachisi Mateo Kovachich qishki transfer oynasida jamoani tark etishni niyat qilmoqda. Bu haqda Sportske novosti xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchini hozirgi vaziyat qoniqtirmayapti, chunki jamoaning yangi bosh murabbiyi Enso Mareska unga yetarlicha o‘yin amaliyoti bermayapti. 32 yoshli futbolchi murabbiyning unga bo‘lgan munosabatini adolatsiz deb hisoblaydi.

Joriy mavsumda Kovachich barcha turnirlarni inobatga olgan holda beshta o‘yinda maydonga tushib, samarali harakatlar bilan ajralib turmadi. Premyer-liganing oxirgi uchta uchrashuvida yarim himoyachi biror marta ham maydonga tushmadi.

Kovachichning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 14:37, 21.09.2026.
O'qildi: 842 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик