Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

UFC. Chimayev professional faoliyatini boshlashdan oldin nima bilan shug‘ullangani haqida gapirib berdi

UFC. Chimayev professional faoliyatini boshlashdan oldin nima bilan shug‘ullangani haqida gapirib berdi

Baho:
+ | -

UFC sobiq chempioni Xamzat Chimayev professional sportga 24 yoshida kelganini aytib o‘tdi.

«Har doim oilam va atrofimdagi barcha odamlar uchun yaxshi hayot barpo etishga harakat qilganman. Bu maqsad hali ham saqlanib qolgan. Men professional sportga 24 yoshimda kelganman, ammo bu orqali pul topishimga yuz foiz ishonch yo‘q edi. Shunchaki vaqtni chog‘ o‘tkazishni, do‘stlarim bilan kurashish va boks tushishni xohlagandim. Bir haftadan so‘ng jang taklif qilishdi va qiziqish paydo bo‘ldi.

Ilgari men ishlardim, onam uchun hayotni yaxshilashga harakat qilardim. Akam ikkimiz ishlar va mashg‘ulot o‘tkazardik, ammo professional darajada hech narsa yo‘q edi. Men qo‘riqchi bo‘lib, fabrikada, mashinada ishladim, akam esa tashuvlar bilan shug‘ullanardi. Eng og‘ir ish — bolalikda sement tushirganim bo‘lgan. Qop-qop sementlar juda og‘ir edi, ba’zan ular bilan yiqilib tushardim», – dedi Chimayev.

Chimayev oxirgi jangini 10 may kuni o‘tkazdi va hakamlarning bo‘lingan qaroriga ko‘ra Shon Striklendga imkoniyatni boy berdi.

Kiritildi: 16:22, 21.09.2026.
O'qildi: 818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик