Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Merson Arteta haqida: «U uyga qaytayotganda xato qilganini o‘ylagan bo‘lsa kerak»

Merson Arteta haqida: «U uyga qaytayotganda xato qilganini o‘ylagan bo‘lsa kerak»

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Pol Merson jamoaning «Brayton»ga qarshi uchrashuv uchun tanlangan tarkibini tanqid qildi.

«Kanonirlar» APLning 5-turida «Brayton»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

«Mikel Arteta nimaga asoslanib «Brayton»ga qarshi o‘yinda Maylz Lyuis-Skelli o‘rniga Bruno Gimaraesni asosiy tarkibga qo‘yganini bilmoqchiman. U bu oson o‘yin bo‘ladi deb o‘yladimi yoki «Brayton» chorshanba kuni «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvda 0:2 hisobidan qaytib, charchagan bo‘ladi deb hisobladimi — bilmayman. Ammo bu reja ishlamadi. «Arsenal»ni yugurishda ham ortda qoldirishdi, markazda bosib tashlashdi va shunchaki parchalab yuborishdi.

Bruno — yaxshi futbolchi. Agar raqib past himoya blokida o‘ynasa, uni maydonga tushirishda hech qanday muammo ko‘rmayman. To‘p sizda bo‘lsa va qaror qabul qilish uchun vaqt bo‘lsa, u juda kuchli: ajoyib futbolchi, pas berish mahorati yuqori va futbolni yaxshi tushunadi.

Qiziq, Arteta uyga qaytayotganda: «Bu yerda men xato qildim», deb o‘yladimikin? Bir necha hafta oldin «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda Bruno zaxiradan maydonga tushib, ajoyib o‘ynagan edi. U to‘pni ushlab tura oladi, tez pas beradi, «devor» usulida o‘ynaydi va o‘yin sur’atini boshqaradi. Menimcha, bu eng to‘g‘ri yechim bo‘lardi.

Men «Arsenal»ning mag‘lubiyatida aslo Brunoni ayblamayapman. Faqat bunday qiyin o‘yinda Arteta nega tarkibni o‘zgartirishga qaror qilganini tushunmayman. Qanchalik kuchli futbolchi bo‘lishing ahamiyatsiz. Terma jamoa futbolchisi bo‘lishing va ko‘plab yutuqlarga ega bo‘lishing mumkin, ammo raqib seni zich nazorat qilib, boshingni ko‘tarishga imkon bermasa, o‘yin butunlay boshqacha tus oladi.

Agar senda juda ko‘p vaqt bo‘lsa, hatto men ham maydonga tushib o‘ynay olardim. Ammo «Brayton»ning qilgan ishi shunchaki ajoyib edi. Ularga munosib baho berish kerak — bu juda kuchli jamoa», deb yozdi Merson.

Kiritildi: 18:12, 21.09.2026.
O'qildi: 866 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик