Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Liverpul» Virs bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti

«Liverpul» Virs bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti

Baho:
+ | -

«Liverpul» «Bavariya» tomonidan qiziqish bo‘layotganiga qaramay, yarim himoyachi Florian Virs bilan muddatidan oldin xayrlashishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Football365 xabar berdi.

Virs 2025 yil yozida «Bayer»dan taxminan 116 million funt sterling evaziga ingliz klubiga o‘tgan edi. Biroq uning hozirgi o‘yini kutilgan darajada emas. «Bavariya» 23 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uning transferi bo‘yicha yangi taklif bilan chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqyapti.

Shunga qaramay, manba ma’lumotiga ko‘ra, «Liverpul» Virsga ishonchini saqlab qolmoqda va vaqt o‘tishi bilan u transferi uchun sarflangan katta mablag‘ni oqlashiga umid qilyapti. Bosh murabbiy Andoni Iraola ham nemis futbolchisiga o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat berishda davom etish niyatida.

Kiritildi: 23:04, 22.09.2026.
O'qildi: 845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик