"Barselona"ning yulduz vingeri Lamin Yamal o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida gapirdi.
"Men La Ligada uch marta chempion bo‘ldim, ammo kamida yana yetti-sakkiz marta bu sovrinni qo‘lga kiritishni istayman.
Hali Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lmaganman. Bu musobaqada ham g‘alaba qozonishni xohlayman", — deya 19 yoshli futbolchining so‘zlarini L'Équipe keltirdi.













