Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Jezush Ronalduning Uelsga qarshi o‘yindagi almashtirilishi haqida: «Bu o‘yin taqozosi edi»

Jezush Ronalduning Uelsga qarshi o‘yindagi almashtirilishi haqida: «Bu o‘yin taqozosi edi»

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Uelsga qarshi o‘yin davomida Krishtianu Ronalduning almashtirilganiga izoh berdi.

Millatlar ligasi guruh bosqichidagi o‘z maydonida kechgan o‘yinda Portugaliya 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ronaldu 67-minutada maydondan olindi va natijali harakatlar bilan ajralib turolmadi — uning 59-minutada urgan goli ofsayd sabab bekor qilindi.

— Krishtianu Ronalduning almashtirilishi oldindan rejalashtirilganmidi yoki bu o‘yin taqozosi bo‘ldimi?

— Bu bevosita o‘yinning o‘zidan kelib chiqqan qaror bo‘ldi. O‘yin tugashiga 25 daqiqa qolayotgandi va o‘yinni kuchaytirish uchun menga hech bo‘lmaganda bitta yangi kuchga ega futbolchi kerak edi. To‘pni o‘zida ushlab turish borasida hujum chizig‘ida Krishtianudek mahoratga ega boshqa o‘yinchim yo‘qdir, ammo Gonsalu Ramush birinchi himoya chizig‘imizda tezlikni ta’minlab berishini bilardim, bu esa muhim edi.

Qolaversa, bu qarorga kelishimga taktik jihatdan unda vaziyatlar unchalik ko‘p bo‘lmagani ham sabab bo‘ldi. Lekin har qanday holatda ham jamoaning o‘yinidan mamnunman, — dedi Jezush.

Kiritildi: 03:59, 25.09.2026.
O'qildi: 554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик