Niderlandiyalik sobiq futbolchi Mark van Bommel faoliyatining so‘nggida «Milan»da ham o‘ynashga ulgurgan — u hozir ham ushbu klubga mehr bilan qaraydi va muvaffaqiyatlar tilaydi.
«Milan»da ajoyib davrni o‘tkazdim. Bu qisqa muddat edi, ammo juda yaxshi o‘ynaganmiz; tarkibimiz ajoyib edi. Men «Olimpiko»da bor-yog‘i bitta o‘yin o‘tkazdim va biz Skudettoni qo‘lga kiritdik. Klub yana g‘alabalarga qaytadi deb umid qilamiz», — deydi van Bommel pianetamilan.it nashriga.
Eslatib o‘tamiz, «Milan»dan tashqari, van Bommel faoliyatining gullab-yashnagan davrida Myunxenning «Bavariya» va Kataloniyaning «Barselona» klublarida ham to‘p surgan.













