Kirish Ro'yxatdan o'tish

Van Deyk "Barselona"ga o‘tishni istamoqda

Van Deyk "Barselona"ga o‘tishni istamoqda

Baho:
+ | -

Futbol matbuotida ba’zan kutilmagan mish-mishlar ham paydo bo‘lib turadi.

El Nacional nashrining yozishicha, "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk kelasi yozda "Barselona"ga o‘tishni istamoqda va o‘z xizmatlarini kataloniyaliklarga taklif qilishga tayyor. Manba bu ma’lumotni The Independent bilan bog‘lamoqda.

"Van Deyk "Barselona" kiyinish xonasiga yetakchilik va katta tajriba olib kelishi mumkin. Yoshi ancha katta bo‘lishiga qaramay, u hamon yuqori saviyada o‘ynamoqda. Bundan tashqari, uning transferi uchun pul to‘lashga hojat qolmaydi, bu esa variantni yanada jozibador qiladi", — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bu variantni unchalik ma’qul ko‘rmayotgani aytilmoqda.

Kelasi yozda Virjil van Deyk 36 yoshga to‘ladi.

Kiritildi: 22:28, 27.09.2026.
O'qildi: 691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик