Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nusa Nyulandni himoya qildi

Nusa Nyulandni himoya qildi

Baho:
+ | -

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Antonio Nusa Millatlar ligasida Portugaliyaga qarshi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin darvozabon Eryan Nyulandni qo‘llab-quvvatladi.

Nyuland to‘p uzatishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va bu vaziyatdan keyin Gonsalu Ramush Portugaliyaning g‘alaba golini urdi. Darvozabonning yana bir xatosi Ramushning dubl qayd etishiga sabab bo‘lishi mumkin edi, ammo gol ofsayd tufayli bekor qilindi.

«Bu yerda qo‘shimcha aytadigan gapim yo‘q. Xatolarni shunchaki unutib yuborish kerak. U hali ham top-darvozabon.

Biz bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz va bir-birimizga ishonch berishimiz kerak. Men uni doim qo‘llab-quvvatlayman», — dedi Nusa TV 2 telekanaliga bergan intervyusida.

Shuningdek, Nyuland Millatlar ligasi 1-turida Daniyaga qarshi bahsda ham ishonchsiz harakat qilgan edi. O‘sha uchrashuvda u Mikkel Damsgorning jarima zarbasidan kiritgan golini o‘tkazib yuborgan.

Kiritildi: 04:15, 28.09.2026.
O'qildi: 388 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик