MLS muntazam chempionati doirasida Lionel Messi to‘p tepayotgan "Inter Mayami" "Kolambus Kryu"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Ushbu uchrashuvda 39 yoshli yulduz hujumchi jarima zarbasidan gol urdi. Bu Messining professional faoliyatidagi 1177 ta o‘yinda kiritgan 931-goli bo‘ldi.
Argentinalik futbolchi 41 yoshli portugaliyalik goleador Krishtianu Ronalduni quvishda davom etmoqda. "Real"ning sobiq hujumchisi professional faoliyati davomida 1338 ta uchrashuvda 979 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu kechagi Millatlar ligasi doirasida Norvegiyaga qarshi 2:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda maydonga tushmadi. Murabbiylar shtabi hujumchini zaxirada qoldirdi.













