Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha yarim final uchrashuvida o‘zbekistonlik hakamlar ham faoliyat olib boradi.
29 sentyabr kuni ayollar futboli bo‘yicha KXDR va Xitoy terma jamoalari o‘rtasida yarim final bahsi o‘tkaziladi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekistondan uch nafar hakam ishtirok etadi.
Kristina Sereda yordamchi hakam sifatida ishlaydi. Firdavs Norsafarov VAR hakami, Roziyabonu Yusupova esa AVAR hakami vazifasini bajaradi.













