Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rahim Sterling yangi klub topishda qiyinchilikka duch kelmoqda

Rahim Sterling yangi klub topishda qiyinchilikka duch kelmoqda

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq vingeri Rahim Sterling yangi klub topishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 31 yoshli futbolchi hozirda erkin agent maqomida.

Foot Mercato ma’lumotiga ko‘ra, Sterling «Gavr»ga taklif qilingan, biroq fransuz klubi uni tarkibiga qo‘shib olishdan bosh tortgan. Jamoa tarkibida qanot futbolchilari yetarlicha ekani hisobga olingan. Fransiya chempionatining yana bir nomi oshkor etilmagan klubi ham Sterling va uning vakillari taklifini rad etgan.

Futbolchi fevral oyida «Feyenoord»ga o‘tgan edi. Biroq u asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi va jamoani tark etdi.

Sterling maydon tashqarisida ham muammolarga duch kelgan. Yaqinda u xavfli tarzda avtomobil boshqargani va azot oksididan foydalangani uchun o‘z aybini tan olgan.

Fransuz klublarining rad javoblariga qaramay, futbolchi Angliyadan tashqarida yangi jamoa topish umidini yo‘qotmagan.

Manba: euro-football.ru
Kiritildi: 22:46, 28.09.2026.
O'qildi: 635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик