Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi jarohat sabab safdan chiqdi

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi jarohat sabab safdan chiqdi

Baho:
+-1 | -

Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasidagi qolgan ikki o‘yin uchun jarohat olgan Alexandro Grimaldo o‘rniga «Real Betis» chap qanot himoyachisi Fran Garsiyani tarkibga chaqirdi.

Grimaldo kecha Xorvatiyaga qarshi 4:1 hisobida yakunlangan uchrashuv oldidan qizib olish paytida chap sonidan jarohat olgan va shu sabab terma jamoa qarorgohini tark etgan.

Ispaniya terma jamoasi shanba kuni Chexiyaga, kelasi seshanbada esa Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.

Agar bosh murabbiy Luis de la Fuente Mark Kukurelyaga dam berishga qaror qilsa, Fran Garsiya ushbu uchrashuvlarda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda «Atletiko» Grimaldoning jarohati qanchalik jiddiy ekanidan xavotirda. Ispaniyalik futbolchi yaqinda «Real»ga qarshi derbida gol urgan edi.

Kiritildi: 16:33, 30.09.2026.
O'qildi: 982 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик