O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 1 oktyabr kuni Suriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Bahs Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida o‘tkazilib, soat 19:00 da boshlanadi. Uchrashuv oldidan jamoalarning taxminiy boshlang‘ich tarkiblari bilan tanishing.
O‘zbekistonning taxminiy tarkibi: Nazarov, Karimov, Husanov, O‘rozov, Nasrullayev, Hamrobekov, G‘aniyev, Hamdamov, Mozgovoy, Fayzullayev, Shomurodov.
Suriyaning taxminiy tarkibi: Al-SHakir, Faqa, Ousu, Al-SHami, Kurdogli, Hannan, Usmon, Al-Asvad, Al-Mavas, Mustafa, Al-Soma.
O‘zbekiston mazkur FIFA kunlaridagi avvalgi uchrashuvida Eronni 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘sha bahsda Eldor Shomurodov dubl qayd etgan.













