O‘zbekiston milliy terma jamoasining Suriyaga qarshi bugungi o‘rtoqlik uchrashuvini tojikistonlik hakamlar brigadasi boshqaradi.
FIFA kunlari doirasida o‘tkaziladigan mazkur bahs uchun rasmiylar tarkibi ma’lum bo‘ldi. Uchrashuvda bosh hakam vazifasini tojikistonlik FIFA hakami Sayyodjon Zayniddinov bajaradi.
Unga qanotlarda hamyurtlari Ismoil Nuraliyev va Farhod Quralov yordam beradi.
O‘zbekiston — Suriya uchrashuvi bugun Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.













