"PSJ" va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele "Oltin to‘p" uchun kurashi haqidagi savolga javob berdi.
Dembele 2025 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan edi. Oradan bir yil o‘tib, futbolchi yana ushbu nufuzli sovringa da’vogarlik qilmoqda.
— Agar hakamlar hay’atini sizga ovoz berishga ishontirish uchun bitta dalil keltirishingiz kerak bo‘lsa, nimani aytgan bo‘lardingiz?
— Menda bunday dalil yo‘q, chunki men hech qachon o‘zimni reklama qilmayman. O‘zimni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanmayman — hech qachon.
Shu tariqa, Usmon Dembele Lamin Yamal va Kilian Mbappega nisbatan boshqacha yo‘l tutdi. Ular avvalroq "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga munosib ekanliklarini aytgan edi.
"Oltin to‘p" 26 oktyabr kuni Londonda topshiriladi.













