"PSJ" va Portugaliya terma jamoasi chap qanot himoyachisi Nunu Mendesh Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
41 yoshli hujumchi Millatlar ligasida Daniyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z qarori bilan mojaroli tarzda terma jamoa qarorgohini tark etgan edi. Juma kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Portugaliya 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
— Ronalduning terma jamoaga qaytishidan xursand bo‘larmidingiz?
— U hamon jamoa futbolchisi. Ammo hozir biz ko‘proq o‘z oldimizda turgan vazifalar va murabbiyning g‘oyalarini maydonda amalga oshirishga e’tibor qaratganmiz. Qolgan masalalarni biz hal qilmaymiz. Bizga qo‘shilgan har bir futbolchini mamnuniyat bilan qabul qilamiz, — deya Mendeshning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Payshanba kuni Portugaliya matbuoti Krishtianu Ronaldu Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan mojarodan keyin milliy terma jamoaga qaytish niyatida emasligi haqida xabar bergan edi.













