Madridning "Real" klubi va Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi Arda Gyuler Millatlar ligasida Belgiyaga qarshi o‘yin arafasida jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Turkiya terma jamoasi uchun safarda o‘tadigan Belgiyaga qarshi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
"Men yengib o‘ta olmaydigan bosim bor, deb o‘ylamayman. Menda iste’dod bor va xalqimiz, jamoadoshlarim, katta akadek bo‘lib qolgan sheriklarim menga to‘liq ishonadi. Men ham ular menga qanchalik ishonsa, xuddi shunday ishonaman", — dedi 21 yoshli futbolchi matbuot anjumanida.
Turkiya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichidagi dastlabki ikki uchrashuvining har ikkisida ham mag‘lub bo‘lgan.













