Kataloniyaning "Espanyol" klubi yarim himoyachisi Brayan Saragosa Ispaniya terma jamoasi va "Barselona"ning 19 yoshli yulduzi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
"Biz Yamal bilan do‘stmiz. Biz shunday futbolchilarmizki, driblingga kirishishdan qo‘rqmaymiz va maydonda ba’zilar hatto urinib ham ko‘rmaydigan ishlarni bajaramiz", — deya 25 yoshli yarim himoyachining so‘zlarini Cadena Ser keltirdi.
Joriy mavsum Ispaniya chempionatida Saragosa to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo hali gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.
Yamal esa yettita o‘yinda ishtirok etib, yettita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Lamin Yamal 2026 yilgi "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi.













