Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Liverpul" Mak Allisterga yangi shartnoma taklif qilmaydi, uning o‘rniga ikki futbolchi ko‘rib chiqilmoqda

"Liverpul" Mak Allisterga yangi shartnoma taklif qilmaydi, uning o‘rniga ikki futbolchi ko‘rib chiqilmoqda

Baho:
+ | -

"Liverpul" yarim himoyachi Aleksis Mak Allisterga yangi shartnoma taklif qilmoqchi emas. Bu haqda Bernabeu Digital xabar berdi.

27 yoshli argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan. Manba ma’lumotiga ko‘ra, u joriy mavsum yakunida klubni tark etishi mumkin.

Avvalroq Makallister yozda "Liverpul"dan ketish ehtimoli bo‘lganini tan olgandi. Shuningdek, u klub hanuz yangi shartnoma taklif qilmaganidan qattiq xafa ekanini aytgan.

Futbolchi atrofidagi vaziyatni madridning "Real" klubi diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ispaniya grandi yaqin vaqt ichida argentinalik yarim himoyachini sotib olishga urinib ko‘rishi mumkin.

Mak Allisterga "Manchester Siti" ham qiziqish bildirmoqda.

Agar argentinalik futbolchi jamoani tark etsa, "Liverpul" uning o‘rniga "Bornmut" yarim himoyachisi Aleks Skott yoki "Monako" futbolchisi Lamin Kamarani olib kelishni ko‘rib chiqishi mumkin.

Kiritildi: 10:26, 02.10.2026.
O'qildi: 961 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик