Madridning «Real» klubi yozgi transferlar oynasida himoyachi Raul Asensio bilan xayrlashmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Fichajes xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Qirollik klubi» ispaniyalik futbolchi bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor edi, ammo unga hech qanday munosib taklif kelib tushmagan.
Ayni paytda 23 yoshli Asensio jarrohlik amaliyotidan keyin tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Katta ehtimol bilan himoyachi 2027 yil davomida maydonga qayta olmaydi.
Asensio joriy mavsumda hali birorta ham uchrashuvda ishtirok etmagan. Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.













